Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres ma’lum qildiki, jamoaning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronalduning klubdagi kelajagi u terma jamoasi bilan Konfederasiyalar kubogida ishtirok etib qaytgach, muhokama qilinadi.
O‘tgan haftada bir qator nashrlarda Ronaldu Ispaniya prokuraturasi o‘ziga nisbatan soliqlarni to‘lamaslik ayblovi bilan ish oshgach, «Real»dan ketishga qaror qilgani haqida yozilgandi.
«Men oxirgi marta Ronaldu bilan Kardiffda, Chempionlar ligasi finalidan keyin gaplashgandim, biz o‘shanda keyingi mavsum haqida gaplashgandik.
Hozirgi vaziyatni tushunmayapman, bu juda g‘alati vaziyat. Men u bilan Konfederasiyalar kubogidan keyin gaplashaman. Men u ketadi deb o‘ylamayman. Biz Ronaldu, Xames Rodrigesu va Alvaro Morata bo‘yicha takliflar olmaganmiz», - deya Peresning so‘zlarini keltirgan As nashri.
Klub prezidenti shuningdek, ushbu futbolchi uchun 1 milliard evro miqdoridagi tovon puli belgilab qo‘yilgani haqida ma’lum qilgan.
«Uning «Real» bilan shartnomasidagi badal puli miqdori - 1 milliard evro. Agar boshqa klublar buncha pul to‘lashmasa, u ketmaydi», degan prezident Onda Cero radiosi efirida.
Ronalduga da’vogar jamoalar «Manchester Yunayted», «PSJ», «Monako», «Chelsi», «Manchester Siti» va Xitoy klublari bo‘lib turibdi.
4 karra «Oltin to‘p» sohibi 2009 yilda «Real»ga «Manchester Yunayted» safidan rekord darajadagi mablag‘ evaziga kelib qo‘shilgandi. Hozirda 32 yoshga chiqqan futbolchi yakunlangan mavsumda «Real» uchun 46 o‘yinda maydonga tushib, 42 ta gol urdi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi