Xalqimizda ajoyib maqol bor: “Qozonda bori cho‘michga chiqadi”. Mazmunini bilasiz. Bugun o‘zbek futboli haqida mana shu maqolning yangicha talqini xayolga kelib qoldi. Aslida har ikki variant ham mos tushadi.
Tasavvur qiling, O‘zbekiston terma jamoasi katta bir qozon. Uning ichidagi “masalliqlar”ni qozon xo‘jayini tanlaydi. Muddati o‘tgan, yaroqsiz, sifatsiz bo‘lsa ham, jabrini boshqalar emas, “xo‘jayin” ko‘rishi kerak aslida. Lekin hozirgi paytda sal boshqacharoq holat kuzatilmoqda. Shuning uchun ham maqol o‘zgardi.
“Cho‘michda bori qozonga tushadi”. Qanaqa masalliq bilan tayyorlamang, ovqat bemaza chiqsa, ayb oshpazda yoki yana o‘sha “xo‘jayin”da bo‘ladi. Ovqatni iste’mol qilishni istamaysiz va qaytarib qozonga to‘kasiz. Ana unda cho‘michda bori qozonga yana qaytib tushgan hisoblanadi. Shu zaylda “ovqat” qozonda qolib ketadi, keyin uni to‘kib tashlab, qozonni yuvish kerak.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham aynan mana shu qozonga o‘xshab turibdi. Ichidagi “masalliqlari” eskirgan yoki sifatsiz, tayyorlangan “ovqat” esa (natijalar) bemaza, hech kimga yoqmayapti. Lekin “oshpaz” yoki “xo‘jayin” mana shu qozondagi “ovqat”dan voz kechib, uni “tozalash”ni istamayapti negadir.
Bugun Xalqaro press-klubda sport mavzusiga bag‘ishlangan muloqot bo‘lib o‘tdi. O‘zbek futbol ishqibozlari bu kunni kutayotgan edi. Lekin muloqotda na O‘FF prezidenti Mirabror Usmonov va na terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etdi. Mirabror Usmonov nega ishtirok etishi kerak, degan savol tug‘ilib qolishi mumkin. Nega qatnashmasin? Axir Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov shaxsan o‘zi jurnalistlar bilan muloqot qildi-ku!
Mayli, boshqa mavzuga o‘tamiz. O‘sha muloqotda boshlovchi O‘FF Bosh kotibi Sardor Rahmatullaevga muxlislar nomidan ajoyib “sovg‘a” berdi: puflab ishirilgan shar va unga “ishonch” so‘zi yozilgan edi. Bu holatni har kim o‘zicha tushundi. Biz ham.
Mana shu muloqotda O‘FFning Kelishilgan o‘yinlarga qarshi mas’ul ofiseri Axrol Inoyatov bolalar sportiga oid achchiq gaplarni aytib o‘tdi. Qo‘shilamiz. O‘zingiz ham qo‘shilsangiz bo‘ldi. Ammo bir gapi yoqmadi: terma jamoa yutsa, hamma maqtaydi, yutqazsa, erga uradi...
Siz shunday ishlangki, biz bir umr maqtaylik.
O‘zbekiston terma jamoasi ajoyib o‘yin ko‘rsatsin, natija o‘z-o‘zidan ajoyib bo‘ladi, biz ko‘klarga ko‘tarishga tayyormiz.
Bolalarimiz klub akademiyalari yoki maktablarga futbol o‘ynayman deb borganda bajonidil qabul qiling, ularni o‘ynatib, kerakli kadrlarni tayyorlang, sizga faqat tahsinlar aytamiz.
Biroq maqtov hammaga yoqadi va davomli bo‘lishini istaydi, hech tugamasa. Go‘yoki jurnalistlar tanqidini e’tiborga olib, qaysidir murabbiy yoki futbolchini vaqtinchalik bo‘lsa-da, termadan haydagandek gapirmang. Sizlar O‘FF nomidan so‘zlayapsiz.
Ovqat mazali bo‘lsa, har safar shu yo‘sinda taomlanishga, bir xil egulik eyishga rozimiz. Lekin aynigan ovqatdan siz ham bir marta voz kechib ko‘ring, qozonni tozalang-chi. Biz ham toza qozonda pishgan mazali taomni huzurlanib eylik. Ana undan keyin maqtashga tayyormiz.
Tajribali murabbiy Rauf Inileev “Borimiz shu”, deganida qancha malomatga qolgandi. Aslida u haqiqatni aytganini endi tushunib etyapmiz.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?