Samvel Babayan haqidagi gap meni o‘ylantirib qo‘ydi. Samvel Babayan muxlislar ko‘ziga ko‘rinishdan uyalib, qochib yurganmish. Stadionlarga kela olmayotganmish.
Sababni qarang. Kap-katta odamning aytgan gapi shu bo‘ldimi endi? Nima, bu bilan Babayandan vijdoni qiynalib yurgan, nima qilishini bilolmay, xijolatdan er yorilsayu yirib kirib ketishgayam tayyor turgan odam yasamoqchi bo‘lishyaptimi? Uyaladigan, vijdoni bor odam Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda semizligidan to‘pga sakrolmay gol o‘tkazib yuborgan Lobanovni boshqa tushirmasdi. Vijdoni bor odam farishtalar omin desagina gol uradigan Sergeevni tushiravermasdan, ishi gol urish ekanligini unutmaydigan, ko‘proq gol urishni uddalaydigan hujumchini tushiradi.
Xullas, Babayanning vijdoni qiynalmasligini isbotlaydigan misollar juda-juda ko‘p. Shaxsan men bu gapga ishonmayman, menimcha boshqalar ham ishonmasa kerak. Vijdoni bor odam murabbiy bo‘lib kelganida bergan va’dalarini unutmaydi, bajaradi. Qani Babayan bergan va’dalar? Qani milliy terma jamoa tarixidagi eng kuchli tarkib? Nima, Lobanov O‘zbekistondagi eng kuchli darvozabonmi? Sergeevdek hujumchi yo‘qmi? Agar shunday bo‘lsa, qani O‘zbekistondagi futbol? Yo‘q, Babayanning kelganidan beri qilgan ishi futbolni orqaga tortishu o‘zbek futbolini monopoliyaga aylantirishga hissa qo‘shish bo‘ldi? Shu vijdonli odamning ishimi? Babayan nega ketib qoldi?
Vijdonli odam xatosiga javob berishi kerak-ku! Shundog‘am jurnalistlar bugungi oshkora yig‘ilishda mutasaddilardan tuzuk javob olishgani yo‘q. Axir Babayan qilgan ishi uchun javob berishi kerak emasmidi? Shunday xulosa kelib chiqyaptiki, Babayan qahramon, biz muxlislar o‘zbek futbolining dushmanimiz, mutasaddilar esa bizdan qahramonni himoya qilishayotgandek go‘yo. Aslida, teskarisi bo‘lishi kerak emasmidi? Nahotki hech kim “Janob Babayan, endi qilgan ishingizga javob berasiz-da!” deydigan mard topilmadi? Xullas, men bu gaplariga ishonmadim, agar Babayanning zarracha vijdoni qiynalganida muxlislarning gapiga quloq tutib, savollarga javob qaytargan bo‘lardi. Biroq…
Bu yog‘iga vaziyat shunday davom etaveradi. Bizga ham aslida Babayanning tushuntirishiyu javoblari emas, iste’fosi kerak. Chunki uning ishi gapi javobi ham hech narsaga yaramaydi, baribir.
Manba: penalti.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi