18:55 / 26.06.2017
4 363

Messining xayriya fondi 10 mln evrolik daromadni yashirgan

Messining xayriya fondi 10 mln evrolik daromadni yashirgan
Mashhur futbolchilar atrofida soliq mojarolari avj olishda davom etmoqda. Yaqindagina Krishtianu Ronalduning Ispaniya g‘aznasi oldidagi juda ko‘p miqdordagi qarzi haqida ko‘plab xabarlar berildi (15 million evro), keyin esa “yomon yigitlar” ro‘yxatida portugaliyalikning futboldagi bosh raqobatchisi – "Barselona"ning 30 yoshli hujumchisi Lionel Messi ham paydo bo‘ldi.

Kun.uz ning xabar berishicha, Leo xayriya fondi tashkil etilganidan buyon (2007 yil), to 2015 yilga qadar daromadining katta qismini deklarasiyadan o‘tkazmagan.

Muxbirlarning fikricha, tashkilot futbolchining biznes-ishlari uchun aslida bir niqobdir.

2009 yilda Lionel Messi otasi bilan Argentinadagi Rosario shahrida Fundacion Leo Messi vakolatxonasini ochdi, biroq o‘z tashkilotini Ispaniyada jamoatchilik sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi. Jurnalistlarning ma’lumot berishicha, Messi aynan Rosarioda barcha turdagi shartnomalarni imzolagan, biroq hech qanday deklarasiyani taqdim etmagan.

Keyinchalik Argentina moliya vazirligi Fundacion Leo Messi’ni o‘z ro‘yxatidan chiqarib tashladi, sababi bir necha yil davomida tashkilot hisoblari haqida hisobot olmagan.

Bu mojaro Leoning xayriya faoliyatini jiddiy tarzda obro‘sizlantiradi, argentinalikning butun dunyo bo‘ylab millionlab ishqibozlari aynan shundan faxrlanishardi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messining xayriya fondi 10 mln evrolik daromadni yashirgan