Rossiya maydonlarida davom etayotgan Konfederasiyalar kubogi musobaqasining yarim final bahslari ham ortda qoldi.
Biroz oldin yakuniga etgan Germaniya hamda Meksika o‘rtasidagi bahsda evropaliklar yirik hisobda g‘alabaga erishishdi va finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Bahs tezkor gollar bilan boshlandi. Uchrashuv boshlarida palapartish harakat qilgan Meksika himoyasini nemislar kechirishmadi. Aniqrog‘ aytadigan bo‘lsak, 6 va 8 daqiqalarda Leon Goreska raqib darvozasiga ketma-ket ikkita gol urdi, 2:0.
Shundan keyin Shimoliy Amerika vakili biroz o‘ziga keldi va o‘yinni raqib darvozasi tomon sura oldi. Germaniyaliklar asosan qarshi hujumlarga tayangan holda o‘yinni davom ettirdi. Ikkinchi bo‘limning o‘rtalariga kelib, Meksika himoyasi yana bir xatoga yo‘l qo‘ydi. Ammo darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketgan Timo Verner vaziyatdan foydalana olmadi.
Shu tariqa birinchi bo‘limda boshqa gol urilmadi va jamoalar 2:0 hisobi bilan tanafusga yo‘l olishdi.
Ikkinchi bo‘lim ham nemislarning kichik ustunligida boshlandi. Taym boshida Verner Ochoa bilan yana bir bor yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi, lekin bu safar ham germaniyaliklar hujumchisi to‘pni darvozaga joylay olgani yo‘q.
59 daqiqada esa evropaliklar tezkor paslar orqali ajoyib kombinasiyani amalga oshirishdi va bu vaziyat gol bilan yakunlandi. Xektorning pasidan so‘ng ochiq darvoza qarshisida yolg‘iz qolgan Verner vanihoyat o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Keyin esa o‘yin ancha jangovor ruhda davom etdi. Meksika bor e’tiborini hujumlarga qaratdi. Ba’zi vaziyatlarda zarbalar noaniq ketsa, ba’zi vaziyatlarda ter Shtegen jamoasi joniga oro kirdi. Germaniyaning esa deyarli har bir qarshi hujumi xavfli chiqdi.
89 daqiqada zahiradan maydonga tushgan Meksika a’zosi Marko Fabian hisobni bittaga qisqartishga erishdi. Ammo bu quvonch uzoqqa cho‘zilmadi, mazkur bu goldan ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas Evropa vakillari yana bitta to‘p kiritdi. Gol muallifi Amin Yunus.
Germaniya – Meksika 4:1 (2:0)
Gollar: 1:0 – 6 Goretska, 2:0 – 8 Goretska, 3:0 – 59 Verner, 3:1 – 89 Fabian, 4:1 – 90 Yunes.
Germaniya - ter Stegen, Xektor, Ginter, Ryudiger, Xenrixs, Goretska (Djan, 67), Kimmix, Rudi, Draksler (Yunes, 82), Verner, Shtindl (Brandt, 79).
Meksika - Ochoa, Moreno, Layyun, Arauxo, Alanis, Akino (Losano, 46), Dos Santos (Markes, 67), Errera, Ximenes, Ernandes, dos Santos (Fabian, 63).
Ogohlantirishlar: Ximenes (55), Djan (72).
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?