
Madridning “Real” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqindagina dunyoga kelgan egizaklarini ko‘rish uchun Konfederasiyalar Kubogi musobaqasini tark etib, ularni ko‘rish uchun uyiga yo‘l olgani xabar berilgandi.
32 yoshli futbolchi farzandlari bilan ilk bor ko‘rishib, ularning suratini ijtimoiy tarmoqqa joyladi, deb yozadi Darakchi.uz nashri. Surrogat onadan dunyoga kelgan hujumchining ikki farzandi Mateu va Eva ismini oldi.
Futbolchining katta farzandi kichik Krishtianu Ronaldu olti yoshda. Uni ham 2010 yilda surrogat ona dunyoga keltirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar