Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, argentinalik futbolchi ta’tildan qaytgach, klub bilan 2021 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Messining yangi shartnomasida uning uchun to‘lanadigan tovon puli 300 million evroga qadar oshirilgani ma’lum qilingandi.
Ushbu 30 yoshli futbolchi «Barselona» tizimida 2001 yildan buyon bo‘lib, 2004 yilda, 17 yoshida asosiy jamoada debyut qilgan. U shu vaqtgacha kataloniyaliklar jamoasi safida 583 o‘yinda maydonga tushgan va 507 gol urgan.
U bu vaqt davomida 8 marta Ispaniya chempioni, 5 marta Ispaniya Kubogi sohibi, 6 marta Ispaniya Superkubogi egasi, 4 marta Chempionlar ligasi g‘olibi, 3 marta UEFA Superkubogi egasi hamda 3 marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan.
Qayd etish kerakki, Messi shartnomasini uzaytirishi borasidagi muzokaralar bir yildan oshiq vaqt davomida muhokama qilib kelindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi