Lionel Messi qamoq jazosiga hukm etilmaydigan bo‘ldi

Ispaniya sudi “Barselona” hujumchisi Lionel Messiga nisbatan jazo turini o‘zgartirishga qaror qildi.
Argentinalik futbolchi avvaliga 21 oylik qamoq jazosiga hukm etilgandi. Endilikda, Messi 252 ming yevro miqdoridagi jarima bilan “suvdan quruq” chiqadigan bo‘ldi. Uning otasi Xorxe Messi esa 180 ming yevro miqdoridagi jarimani to‘lashi belgilandi.
Ma’lumot uchun, ota va bola Messilar 2016 yilning iyun oyida 2007–2009 yillarda 4,1 mln yevro miqdoridagi soliqdan bo‘yin tovlagani uchun sud oldida javob bergan edi.

Izohlar 0
…