Shota Arveladzening “Paxtakor” bilan olib borgan birinchi mashg‘uloti videosi va suratlarini ko‘rib, yengil tortdim. “Bo‘larkan-ku”, dedim ichimda. Axir nima qilsa ham Evropa futbolini ko‘rgan, kimsan Lui van Galga yordamchilik qilgan inson-da u, mutaxassis-da u. Oldin pulni pulga urishtirib yurgan menejer yoki Oliy ligadagi jamoalardan birini boshqara olmay yurgan chalasavod murabbiy emas. U dunyo ko‘rgan mutaxassis. Aynan shu mutaxassis tushundi “Paxtakor”dagi jiddiy muammolar nimada ekanligini.
Shu bois Eldor Suyunov bilan shartnoma imzolandi, shu bois og‘ir vaznlilarga “boshqorong‘i bo‘lgan” darvozabonlar murabbiyi almashtirildi. Endi Lobanovni boshqa mutaxassis shug‘ullantiradi. Qani endi Lobanov yana semirib ko‘rsin-chi... Agar mashqlar shu tarzda davom etaversa, biz Xitoyga qarshi o‘yinda Eronga qarshi o‘yindagi Babayanning yarmini ko‘rsak kerak. Xullas, mashg‘ulotlarni ermak bilib, oddiy mashqlarni bajarib yurgan futbolchilarning endi ko‘zi ochilishi tabiiy. Aslida boshqa iloj ham yo‘q. Arveladze yuz xotir qilib o‘tirmaydi, o‘ynay olmagandan voz kechadi, tamom.
Xullas, umid qilamizki, Arveladze “Paxtakor”da, xususan, terma jamoada o‘ynaydigan futbolchilarning anchasini, aniqrog‘i, bo‘ladiganlarini qayta tarbiyalab beradi. Agar milliy terma jamoani Arveladzega o‘xshagan murabbiy boshqarganida bormi? Mayli, bu orzu ham amalga oshib qolar.
Manba: penalti.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...