
Roman Abramovich “Chelsi” jamoasining har bir futbolchisiga narxi 9 ming funt sterling bo‘lgan qimmatbaho soat sovg‘a qildi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.
Britaniya nashrlarining yozishicha, klub rahbari shu tarzda jamoa futbolchilarini 1026/17 yil mavsumida Angliya Premer ligasida qozongan g‘alabasi uchun rag‘batlantirgan. Mazkur soatlar ekslyuziv partiyaga tegishlidir. Bunday soatlar dunyo bo‘yicha bor-yo‘g‘i ikki yuz nusxada chiqarilgan.
So‘nggi yillarda Roman Abramovich klubning rivojlanishi uchun 900 million funt sterling mablag‘ sarflagan. Yaqin kunlarda “oqsuyaklar” arenasi hisoblanmish “Stemford Bridj”da ta’mirlash ishlari boshlanadi. London shahar meri Sodiq Xon stadion ta’mirlash ishlarini qo‘llab-quvvatladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar