
Madridning “Real” hamda Kataloniyaning “Barselona” klublari o‘rtasidagi Ispaniya Superkubogi bahslari o‘tkaziladigan sanalar aniq bo‘ldi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra superkubok uchun dastlabki o‘yin 13 avgust kuni “Kamp Nou”da, javob uchrashuvi esa 16 avgust kuni “Santyago Bernabeu”da o‘tkaziladi.
Bundan tashqari Ispaniya qirolligi futbol federasiyasi La Liganing yangi mavsumi qaysi kuni start olishini ham e’lon qildi. Unga ko‘ra 19 iyul kuni musobaqaning dastlabki turiga start beriladi. Musobaqaning so‘nggi turi esa 20 may kuniga rejalashtirildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar