2018 yili Xitoyda bo‘lib o‘tadigan U-23 Osiyo chempionati final bosqichiga yo‘llanma olish uchun saralash bahslarida ishtirok etadigan O‘zbekiston U-22 terma jamoasi BAAning Al-Ayn shahriga etib keldi.
Saralashning “D” guruhi uchrashuvlari BAAning Al-Ayn shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur guruhda BAA, O‘zbekiston, Livan hamda Nepal yoshlar terma jamoalari Osiyo chempionati final bosqichiga chiqish uchun kurash olib boradi.
12 iyul kuni Ravshan Haydarov boshqaruvidagi jamoa Dubaydan 100 km uzoqlikdagi Al-Ayn shahriga etib bordi va Danat mehmonxonasiga joylashdi. Shu kunning o‘zida jamoa futbolchilari mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da “Al-Ayn” futbol klubiga tegishli mashg‘ulotlar bazasida turnirdagi ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi. Dastlabki kun asosan chigalyozdi mashg‘ulotlar olib borildi va futbolchilarning funksional holati ko‘zdan kechirildi.
Eslatib o‘tamiz, U-23 Osiyo chempionati final bosqichiga Xitoydan tashqari saralashning 10 ta guruhi g‘oliblari hamda ushbu 10 ta guruhda eng yaxshi ko‘rsatkichga ega yana 5 ta jamoa ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi saralash turnirini 15 iyul kuni Livan yoshlariga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Ikkinchi turda Ravshan Haydarov jamoasi Nepalga qarshi maydonga tushsa, so‘nggi turda mezbon – BAA terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Avvalroq xabar berilganidek, mazkur turnirda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 22 nafar futbolchi bilan ishtirok etmoqda.
Quyida saralash turniri uchrashuvlari taqvimi bilan tanishish mumkin:
U-23 OCh–2018 saralashi, “D” guruhi
15–19 iyul. Al Ayn, BAA
“Tahnun Bin Muhammad” stadioni
1-tur | 15 iyul
BAA – Nepal (soat 18:25)
O‘zbekiston – Livan (21:25)
2-tur | 17 iyul
Nepal – O‘zbekiston (18:25)
Livan – BAA (21:25)
3-tur | 19 iyul
BAA – O‘zbekiston (18:25)
Livan – Nepal (21:25).
Eslatma: Uchrashuvlarning boshlanish vaqti Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi