17:46 / 17.07.2017
5 884

Ronaldu va Messi bilan bir jamoada o‘ynagan futbolchilar

Ronaldu va Messi bilan bir jamoada o‘ynagan futbolchilar
Ushbu transfer oynasida “Barselona” Konfederasiyalar Kubogi-2017 turnirida Portugaliya termasi safida bronza medalini qo‘lga kiritgan Nelson Semeduni 30,5 mln evro evaziga sotib oldi. Terma jamoada Krishtianu Ronaldu bilan birga to‘p tepgan Semedu endilikda yangi klubida Lionel Messi bilan birga o‘ynash baxtiga muyassar bo‘ladi. E’tiborlisi 23 yoshli futbolchiga qadar 10 nafar charm to‘p ustasiga zamonamizning ikki eng kuchli futbolchisi bilan bir jamoada o‘ynash nasib etgan. Quyida ular bilan tanishtiramiz.

Deku

Ronaldu bilan: Portugaliya terma jamoasi(2003-2010)


Terma jamoaga Ronaldu bilan deyarli bir vaqtda chaqirilgan Deku o‘z maydonlarida o‘tgan Evroda g‘olib bo‘la olmaydi. Braziliyada tug‘ilgan futbolchi Krishtianu bilan etti yil davomida terma jamoada birga harakat qildi.

Messi bilan: “Barselona”(2004-2008)

2004 yil 15 mln evro evaziga “ko‘k-anor ranglilar” safiga ko‘chib o‘tgach, ancha o‘zini ko‘rsatadi. Xattoki 2004 yilgi “Oltin to‘p” uchun kurashda faqatgina ukrainalik Andrey Shevchenkoga imkoniyatni boy beradi. 2006 yil Deku uchun omadli keladi va La ligada ikki bor g‘olib bo‘lgan Deku EChLda va Klublar o‘rtasidagi JChda ham bosh sovringa ega chiqadi. 2008 yil esa “Chelsi” safiga qo‘shiladi.

Gabriel Xaynse

Ronaldu bilan: “Manchester Yunayted”(2004-2007)


Patris Evra hamda futbolchining olgan jarohatlari uning Manchesterdagi faoliyatiga rahna solgan edi. “Yunayted”da Ronaldu bilan ikki mavsum to‘p surga argentinalik himoyachi “Real”dan ketganida, Ronaldu endi “qirollik klubi”ga o‘tgan edi.

Messi bilan: Argentina terma jamoasi(2005-2010)

Messi bilan besh yil “albiseleste” safida o‘ynagan Xaynse birgailkda hech nima yutmagan. Faqatgina 2007 yilgi Amerika kubogida qo‘lga kiritilgan kumush medal bundan mustasno.

Xenrik Larsson

Messi bilan: “Barselona”(2004-2006)


Shvesiyalik hujumchining yulduzli onlari “Seltik”da o‘tgandir. Xenrik “Barsa” safiga kelib qo‘shilganida 30 yoshni qarshi olgan edi. Ilk mavsum jarohat tufayli unchalik ham ko‘p maydonda ko‘rinish bermadi. Biroq, jamoa safida ikki bor Ispaniya chempionati oltin medallarini qo‘lga kiritgan Larsson keyinchalik EChLda ham g‘olib bo‘ladi.

Ronaldu bilan: “Manchester Yunayted”(2007)

O‘z Vataniga qaytgan 36 yoshli “qariya”ni ikki oyga “Yunayted”ga taklif etishadi va mavsum yakunida APLda g‘olib chiqadi. Darvoqea, “qizil iblislar” safida 13 o‘yinda uch bor raqiblar darvozaiga yo‘l topadi.

Xerard Pike

Ronaldu bilan: “Manchester Yunayted”(2004-2008)


Pireneylik ikki yosh iqtidor egalari Mancheserda uchrashadilar. Biroq Angliyada o‘ynab ketish faqat biriga nasib etadi holos.

Messi bilan: “Barselona”(2008 yildan buyon)

Kataloniyaga qaytgan Pike bugungi “Barsa”ning eng ishongan futbolchilaridanir. Pike esa argentinalik bilan 9 yildan buyon bir jamoada o‘ynab kelmoqda.

Karlos Teves

Messi bilan: Argentina terma jamoasi(2005-2015)


“Karlitos” Messi bilan ancha samarali o‘yin ko‘rsatgan. Biroq, 2011 yilgi Amerika kubogidan so‘ng terma jamoada faqatgina uch bor maydonga tushdi. Braziliyadagi mundialni ham o‘tkazib yubordi.

Ronaldu bilan: “Manchester Yunayted”(2007-2009)

“Yunayted”ga ilk kelgan mavsumidayoq EChLda zafar quchish bilan birga APLda ham g‘olib bo‘ladi. APLda 14 ta gol urgan Teves bu borada jamoada faqat Ronaldudan ortda qoladi.

Fernando Gago

Messi bilan: Argentina terma jamoasi(2007-2016)


Gago Messi bilan 2005 yilgi U20 JChda g‘olib chiqadi. Shuningdek, Pekin olimpiadasi oltin medaliga ega chiqadi va 2007 yildan buyon “albiseleste” safida o‘ynab keladi.

Ronaldu bilan: “Real Madrid”(2009-2011)

Gagoning “Real”dagi yulduzli onlari Ronaldu kelgyniga qadar o‘tadi. “Qirollik klubi” bilan barcha mahalliy turnirlarda g‘olib chiqqan argentinalik raqobatda imkoniyatni boy beradi va “Poma”ga ijaraga beriladi.

Esekel Garay

Messi bilan: Argentina terma jamoasi(2007-hozirgacha)


Bugungi kunda “Valensiya”da to‘p surayotgan Garay Messi bialn birga U20 terma jamoasi, olimpiya va milliy terma jamoalarda ham o‘ynagan.

Ronaldu bilan: “Real Madrid”(2009-2011)

“Rasing”dagi o‘yinlari orqali Madridga taklif etilgan Garay Joze Mourino jamoaga kelgach asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotib qo‘yadi.

Anxel Di Mariya

Messi bilan: Argentina terma jamoasi(2008-hozirga qadar)


Aynan Di Mariyaning to‘p uzatishi orqali Messi gol urib, olimpiadada g‘olib chiqadi. Afsuski, Anxel jarohati sabab ko‘pincha katta musobaqalarning asosiy qismini o‘tkazib yuboradi.

Ronaldu bilan: “Real Madrid”(2010-2014)

Anxel Messi bilam ham Ronaldu bilan ham, qolaversa, hattoki Ibragimovich bilan ham birdek samarali o‘ynagani diqqatga sazovordir. Madridda La liga, Qirol kubogi va EChLda g‘olib bo‘ladi va bularda Di Mariyaning xizmatlari kattadir.

Gonsalo Iguain

Messi bilan: Argentina terma jamoasi(2009-2016)


Finallardagi omadsizliklarda ko‘pchilik aynan Iguainni ayblaydi. Boshqa izohga hojat yo‘q bo‘lsa keark.

Ronaldu bilan: “Real Madrid”(2009-2013)

Gago xamda Garaylardan farqli ravishda Madridda ancha “ushlanib turgan” Iguain EChLdan boshqa barcha sovrinlarni qo‘lga kiritadi.

Andre Gomesh

Ronaldu bilan: Portugaliya(2014 yildan buyon)


2014 yildan buyon terma jamoada Ronaldu bilan to‘p surib kelayotgan Gomesh Krishtianu bilan 20 dan ziyod o‘yinda ishtirok etgan va 2016 yilgi qit’a chempionatida g‘olib bo‘ladi.

Messi bilan: “Barselona”(2016 yildan buyon)

Ushbu muvaffaqtyatdan so‘ng “Barselona” uni 35 mln evroga “Valensiya”dan sotib oladi. E’tirof etish joiz, o‘tgan bir mavsum davomida katalon klubi muxlislariga uning ko‘rsatgan o‘yinlari sira ma’qul keliadi.

Shahzod Xolboyev tayyorladi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu va Messi bilan bir jamoada o‘ynagan futbolchilar