18:33 / 18.07.2017
5 190

Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston U23 Livandan keyin Nepalni ham mag‘lub etdi

Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston U23 Livandan keyin Nepalni ham mag‘lub etdi
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘ynash uchun harakat qilayotgan O‘zbekiston terma jamoasi saralashning 2-turida ham zafar quchdi, deb yozmoqda Daryo nashri.

Nepal olimpiyachilariga qarshi maydonga tushgan Ravshan Haydarov murabbiyligidagi jamoa 2:0 hisobida zafar quchdi. Hisob himoyachi Doston Tursunov tomonidan ochilgan bo‘lsa, keyinroq «Nasaf»ning Evropa klublari qiziqayotgan a’zosi Aziz G‘aniev ikkinchi golga mualliflik qildi.

Nepal ilk turda saralash mezboni BAA bilan o‘ynab, 0:5 hisobida imkoniyatni boy bergandi. O‘zbekiston terma jamoasi esa 1 ta avtogol hamda «Nasaf» hujumchisi Bobur Abduxoliqovning dubli sabab Livanni taslim qilgandi — 3:1.

Shu tariqa Nepal Osiyo chempionatidan chetda qoldi. O‘zbekiston hal qiluvchi o‘yinni 19 iyul kuni Amirlik termasiga qarshi o‘tkazadi. O‘z navbatida BAA olimpiyachilari bir necha soatdan keyin Livanga qarshi o‘yinni yakunlaydi.

Turnir reglamentiga ko‘ra, guruh peshqadamlari Osiyo chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oladi. 10 ta guruhning eng yaxshi ko‘rsatkichli 2-o‘rindagi besh jamoasiga ham shunday baxt nasib qiladi.

Asian Championship U23
Saralash. «D» guruhi. 2-tur
17 iyul, dushanba


BAA — Livan

O‘zbekiston — Nepal 2:0

Gollar: Doston Tursunov, 21 (1:0). Aziz G‘aniev, 80 (2:0).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston U23 Livandan keyin Nepalni ham mag‘lub etdi