16:06 / 19.07.2017
7 978

Yaqindagina ota bo‘lgan Ronaldu tez orada yana farzand ko‘radi

Yaqindagina ota bo‘lgan Ronaldu tez orada yana farzand ko‘radi
Krishtianu Ronaldu Jorjina Rodrigesning homilador ekani haqidagi savolga javob berdi.

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu yaqinda egizak farzandlarning otasi bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Ammo Ibisa orolida yozgi ta’tilni o‘tkazayotgan 32 yoshli futbolchining sevgilisi Jorjina Rodrigesning tarmoqlarda tarqalgan so‘nggi fotosuratlarida uning homilador ekani sezilib qolgandi.

Shundan so‘ng Krishtianu Ronaldu Jorjina Rodrigesning homilador ekani haqidagi savolga quyidagicha javob berdi.

“Albatta, bundan juda ham xursandman. Yana bir marta otalik baxtiga ega bo‘lish meni yanada kuchli bo‘lishga undaydi”, dedi Ronaldu.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Ronalduning kichik Krishtianu, Eva va Mateo ismli farzandlari bor. Ularning barchasi surrogat onadan tug‘ilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yaqindagina ota bo‘lgan Ronaldu tez orada yana farzand ko‘radi