Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) JCh-2018 saralash bosqichining “A” guruhi 9-turidan o‘rin olgan Xitoy – O‘zbekiston terma jamoasi uchrashuvining boshlanish vaqtini belgilab bergani haqida xabar bergandik.
Bugun, 21 iyul kuni FIFA JCh-2018 saralash bosqichi “A” guruhi 10-turidan o‘rin olgan barcha o‘yinlar bir vaqtda boshlanishi haqida ko‘rsatma berdi va har bir mamlakat hududidan kelib chiqqan holda bellashuv vaqtlarini belgiladi.
“A” guruhi so‘nggi tur uchrashuvlari shu yilning 5 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Janubiy Koreya bilan bahs olib borsa, Eron o‘z maydonida Suriyani qabul qiladi. Xitoy esa safarda Qatar mehmoni bo‘ladi. Barcha o‘yinlar Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi.
JCh-2018 saralash bosqichining “B” guruhida esa o‘yinlar bir vaqtda boshlanmaydi. Iroq va BAA neytral maydon – Eronda o‘ynashi hamda Avstraliyaning noqulay vaqt hududi ushbu guruhdagi o‘yinlarning bir vaqtda boshlanishiga imkon bermadi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2018 saralash bosqichi 8-turidan keyin 12 ochko to‘plab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan yagona yo‘llanma uchun kurashda 2-o‘rindagi Janubiy Koreyadan 1 ochkoga ortda qolmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi