
Dushanbe shahrida o‘zbek va tojik charm qo‘lqop ustalari ishtirokida katta boks kechasi bo‘lib o‘tadi.
«Toj Promoushen» promouterlik kompaniyasi tomonidan uyushtirilayotgan musobaqa 29 iyul kuni shaharning «Axorun» amfiteatrida tashkil etiladi.
Ushbu sport tomoshasida o‘zbek bokschilariga qarshi «Sher» laqabli Sherali Mamadaliev, Baxtiyor Mirzomuhammad va Asror Vohidov ringga ko‘tarilishadi.
Umuman, shu kuni 6 ta jang o‘tkaziladi.
Asosiy janglar quyidagi juftliklar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
1. Sherali Mamadaliev (Tojikiston) – Maqsud Jumaev (O‘zbekiston)
Reyting jangi, yarim o‘rta vazn toifasi (66,678 kg), 8 raund
2. Baxtiyor Mirzomuhammad (Tojikiston) – Alisher Habibullaev (O‘zbekiston)
Reyting jangi, o‘rta vazn (72,5 kg), 6 raund
3. Asror Vohidov (Tojikiston) – Humoyun Rustamov (O‘zbekiston)
Reyting jangi, ilk yarim yengil vazn (55,338 kg), 6 raund “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar