«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Barselona» hujumchisi Neymarga «PSJ» o‘tmaslikni maslahat qildi.
Football Espana nashri xabariga ko‘ra, Ronaldu WhatsApp orqali Neymar bilan gaplashgan va unga «Kamp Nou»da qolishni, faoliyatida orqaga qadam tashlamaslikni maslahat bergan. Qo‘shimcha qilinishicha, portugaliyalik futbolchi raqib jamoa etakchisiga «Manchester Yunayted»dan taklif kelishini kutishni tavsiya etgan.
Ma’lumki, bu ikki ashaddiy raqib jamoaning ikki futbolchisi o‘zaro do‘stona munosabatlarga ega hisoblanadi.
O‘tgan haftada Neymar jamoasini o‘zgartirmoqchi ekani, bu uning kataloniyaliklar jamoasida «Messi soyasida qolib ketayotgani» bilan izohlangani haqida xabarlar tarqaldi.
Parij klubi ushbu futbolchi uchun 222 mln sarflab, unga katta maosh tayinlashga (yiliga 30 mln evro), shuningdek, transferga rozilik berishi uchun katta miqdorda bonus berishga tayyor. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi