«Barselona» hujumchisi Neymar «PSJ»ga o‘tishi oydinlashmoqda. Bu haqda Kun.uz nashri xabar tarqatdi.
Biroz avvalroq futbolchining otasi kataloniyaliklar klubi rahbariyati vakillari bilan uchrashgandi. U o‘z o‘g‘liga Parij klubidan taklif borligini tasdiqlagan, o‘g‘lining qarori moliyaviy shartlarga bog‘liq ekanini ma’lum qilgandi.
«Barselona» futbolchisini 222 mln evrodan kamiga sotmasligini ma’lum qilgan, uning shartnomasida aynan shuncha pul badal puli sifatida belgilangan.
Bundan tashqari, futbolchining otasiga ular Neymar qolsa ham uning maoshini ko‘tarib bera olmasliklarini ma’lum qilishgan.
Neymar bilan shartnoma yangilanib, shartnoma muddati 2021 yilgacha uzaytirilganida, yillik maosh miqdori 25 mln evro etib belgilangandi.
Bu vaqtda 25 yoshli braziliyalik futbolchini 222 mln evroga sotib olishga tayyor turgan parijliklar klubi unga yiliga 30 million evro maosh to‘lashni nazarda tutuvchi 6 yillik shartnoma taklif etmoqda.
23 iyul kuni Neymar jamoadoshlari Lionel Messi va Luis Suares bilan suhbatdan keyin klubda qolishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Ammo u o‘z qarindoshlari bilan suhbatdan keyin yana qarorini o‘zgartirgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi