Qaror qabul qilindi: «Barselona» Neymarga bosh egmaydi

Qaror qabul qilindi: «Barselona» Neymarga bosh egmaydi
PSJga o‘tishi kutilayotgan Neymar “Barselona”da bir yil davomida 25 million yevro ishlab topadi. Braziliyalik futbolchining “Barselona” bilan yana 4 yillik amaldagi shartnomasi mavjud.

Kecha Neymarning otasi “Barselona” rahbarlari bilan muzokara o‘tkazib, ulardan o‘g‘lining maoshini sensatsion tarzda oshirishni va yangi shartnoma imzolash bo‘yicha taklif yuborishlarini so‘ragandi.

Kataloniyaliklar rahbariyati esa o‘ylab ko‘rish uchun Neymarning otasidan vaqt so‘rashgan.

So‘nggi olingan ma’lumotlarga ko‘ra, “Barselona” rahbariyati Neymar jamoada qoladigan taqdirda ham uning maoshini oshirmaslikka qaror qabul qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, avvalroq futbolchining transfer qiymati 220 million yevroga baholanib, PSJ Neymar bilan olti yillik kelishuvga erishgani haqida xabar bergandik.

Shuningdek, avvalroq Neymarning jamoadoshi Lionel Messi Instagram sahifasidan u bilan birga tushgan barcha suratlarni o‘chirish bilan birga, jamoa rahbariyatiga braziliyalik hujumchi o‘rnini bosa oladigan futbolchilar ro‘yxatini taqdim etgandi.

Keyinchalik, Neymarning yana bir jamoadoshi Xerar Pike tvitter sahifasida “U biz bilan qoladi”, - deya yangi post qoldirgandi.


Manba: www.uff.uz

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar