«Barselona» rahbariyati iyul oyining boshida hujumchi Neymarning «PSJ»ga o‘tib ketishi mumkinligidan ogohlantirish olishgan, biroq bunga qarshi biror harakatni amalga oshirishmagan. Bu haqda «Sport.es»ga tayanib «Kun.uz» yozmoqda.
Manbaning kuzatuvlarga asoslanib ma’lumot berishicha, Neymar va uning otasi bilan doimiy muloqotda bo‘luvchi, shuningdek ko‘k-anorranglilar rahbariyati bilan ham aloqalari bo‘lgan odamlar «Barsa» funksionerlarini Neymarning «PSJ» bilan muzokara olib borayotgani va futbolchining ketish xavfi borligini bildirishgan. Shunga qaramay, kataloniyaliklar rahbariyati ularning so‘ziga e’tibor bermagan va parijliklarning Neymar uchun tovon puli bo‘lgan 222 mln. evroni to‘lay olishiga ishonishmagan.
«Barselona» prezidenti va Neymar o‘rtasidagi suhbat u ta’tildan qaytib kelgach, matbuotda barcha gaplar urchib bo‘lgach bo‘lib o‘tgan. Bungacha bo‘lgan davrda esa futbolchining otasi parijliklar bilan faol tarzda muzokara olib borgan va shartnomaning dastlabki shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Ko‘k-anorranglilar rahbari bilan suhbatda Neymar klubda qolish niyatida emasligini aytgan. Shundan so‘ng klub vakillari, futbolchilar va murabbiylar uni klubda qolishi uchun ko‘ndirish harakatiga tushib qolishgan. Dastlab bu ish ularda o‘xshayotgandek taassurot uyg‘otgandi, ammo so‘nggi vaqtga kelib Neymarning «PSJ»ga o‘tishi yanada aniqroq variant bo‘lib qolmoqda
Eslatib o‘tamiz, oldinroq tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, Neymar parijliklar bilan shartnoma imzolasa, unga bonus sifatida 50 million evro mukofot puli beriladi. Brazilning yillik maoshi esa 30 mln. evroni tashkil qiladi. Bu barcha soliqlarni chiqarib tashlanganda to‘lanadigan sof maosh sanaladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi