
«Barselona» hujumchisi Neymar «PSJ»ga o‘tishga yaqin turibdi.
International Champions Cup doirasida «Real»ga qarshi o‘yindan keyin futbolchi Xitoyga yo‘l olib, Nike tadbirida ishtirok etadi.
Shundan so‘ng Neymar «PSJ» xo‘jayini Nosir al-Helayfiyga tegishli bo‘lgan Qatar Sports Investment jamg‘armasi bilan shartnoma imzolash uchun Dohaga yo‘l oladi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Fransiyadagi soliq siyosati tufayli Neymarning transferi «PSJ»ga 222 million evro emas, 300 mln evroga tushadi.
Oxirgi xabarlarga ko‘ra, Neymar jamoadoshlariga allaqachon boshqa klubga o‘tayotgani haqida ma’lum qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar