16:23 / 01.08.2017
5 351

Neymar hafta oxirida Parijda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

Neymar hafta oxirida Parijda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi
«PSJ» keyingi hafta boshigacha «Barselona»dan Neymarni transfer qiladi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Avvaliga futbolchi 2 avgust kuni parijliklar uchun Qatarda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilgandi, ammo bu xabar tasdig‘ini topmadi.

25 yoshli braziliyalik futbolchi chorshanba kuni reklama bo‘yicha ishlarni yakunlab Shanghayni tark etadi va to‘g‘ri Barselonaga yo‘l oladigan bo‘ldi.

L’Equipe xabariga ko‘ra, futbolchi yakshanba kuni Parijda bo‘ladi va tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. U dushanba kuni yangi klubi bilan shartnoma imzolaydi.

Ushbu transfer 222 million evroga baholangan.

Bundan avvalroq «Barselona» Neymarni Verratti transferi evaziga «PSJ»ga qo‘yib yuborishga tayyor bo‘lishi aytilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Neymar hafta oxirida Parijda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi