“Barselona” hujumchisi Neymarning “PSJ”ga transferi Ispaniya professional futbol ligasining qat’iy pozisiyasi sababli amalga oshmasligi mumkin. Bu haqda liga rahbari Xaver Tebas va “Barsa”dagi manbaga iqtibos keltirgan holda Kun.uz xabar bermoqda.
Liga rahbariyati braziliyalikning shartnomasidagi bir bandni faollashtirish imkoniyatini bloklashga qaror qilgan. Bu band Neymar otasining klub bilan o‘zaro tortishuvi sababli unga boshqa klubga 222 mln evroga o‘tish imkonini beradi. Neymar otasi 2016 yil yozda amalga oshirilgan, futbolchi shartnomasini 2021 yil yozigacha uzaytirish kelishuviga ko‘ra, “Barsa”dan 26 mln evro gonorar olishi kerak edi. Biroq katalon klubida futbolchi shartnomaning oxirigacha klubda o‘ynamasa, uning otasiga berilishi kerak bo‘lgan butun summani to‘lashni istashmayapti. Agar futbolchi qolsa, unda barcha pullar uning otasi hisob raqamiga o‘tkaziladi, aksincha esa tomonlar sudlashishiga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari, Tebas “PSJ” moliyaviy feyr-pley qoidasini buzmay, Neymar uchun 222 mln evro to‘lay olishini tushunmayapti. Ayni vaqtda futbolchi transferi muzlatib qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...