«Barselona» hujumchisi Neymar «PSJ» bilan tuzadigan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Sky Sports nashri xabariga asosan Kun nashri ma’lum qilmoqda.
Manba bergan xabarga ko‘ra, parijliklar Braziliya terma jamoasi futbolchisi bilan 5 yilga mo‘ljallangan shartnoma tuzadi. Neymarning oyligi barcha soliqlarni chiqarib tashlaganda 575 ming evrodan biroz ko‘proq (roppa rosa 30 million evro yillik) bo‘ladi.
Umuman olganda Neymarning «Pari Sen-Jermen»ga o‘tishi uchun jamoa jami bo‘lib 500 million evro mablag‘ sarflaydi. Bu summa futbolchining tovon puli, soliqlar, uning oyligi, agentlar uchun to‘lanadigan bonuslar va boshqa to‘lovlarni o‘z ichiga oladi.
Braziliyalik futbolchi mavsumoldi tayyorgarligidan biroz oldinroq «Barselona»ni tark etishga qaror qilib qo‘ygandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq «PSJ» futbolchi uchun to‘lanadigan 222 million evro tovon pulini moliyaviy feyr-pleyni chetlab o‘tish maqsadida klub xo‘jayiniga tegishli Qatardagi fond orqali to‘lashni rejalashtirmoqda. Shuningdek, qatarliklar Neymarni JCh-2022 elchisi qilib, unga o‘z shartnomasini sotib olishi uchun katta pul berishi mumkinligi ham oshkor bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»