
«Mash’al» klubi o‘z tarkibiga bir qator yangi futbolchilarni qo‘shib oldi. Muborakliklar ikkinchi davra oldidan 4 o‘yinchi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Birinchi navbatda jamoa Yaponiyadan 27 yoshli hujumchi Muramatsu Tomoki bilan shartnoma imzolandi. Tomoki O‘zbekistonda to‘p surayotgan navbatdagi yaponiyalik futbolchi bo‘ladi.
Bundan tashqari muborakliklar «Neftchi»dan 23 yoshli yarimhimoyachi Nikita Pavlenko, «Sementchi»dan 28 yoshda yarimhimoyachi Umidjon Matmusaev va yana bir tajribali himoyachi Botir Qoraev bilan ham shartnoma imzolagan.
Yangi futbolchilarning tanishtiruv marosimi jamoaning uy uchrashuvi ya’ni, 19 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan «Mash’al» – «Sho‘rtan» bahsi oldidan o‘tkaziladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar