23:04 / 07.08.2017
2 998

Joze Mourinyu jurnalistlar savollariga javob berdi

Joze Mourinyu jurnalistlar savollariga javob berdi
Ertaga UEFA Superkubogi finali doirasida Madridning "Real" jamoasi "Manchester Yunayted"ga qarshi maydonga chiqadi.

Avvalroq, xabar qilganimizdek mankunianliklar birinchi bo‘lib stadionga tashrif buyurdilar va matbuot anjumanida qatnashdilar.

«Umid qilamanki, bizning jamoa ertangi o‘yinda g‘olib bo‘ladi va biz barchamiz ushbu sovrinni qo‘lga kiritganimizni birga nishonlaymiz. Albatta, Evropa Ligasi bilan EChL o‘rtasida farq bor, biz qatnashgan musoboqa ham o‘ziga yarasha qiyin. Chunki o‘yinlar ko‘p va uzoq masofalarga borish lozim. Lekin u sifat bo‘yicha EChLga etolmaydi, u erda 4-5 juda kuchli jamoalar bor, ularga qarshi o‘ynash esa mushkul vazifa.

Ob-havo? Bu erda havo issiq ekanligini bilaman. Biz AQShdagi yig‘indan qaytganimizdan so‘ng Manchesterdagi mashg‘ulotlarni har kuni 16:00da o‘tkazdik, biroq aksiga olib o‘sha vaqtda u erda yomg‘ir yog‘ib yubordi. O‘ylaymanki, eratangi issiq havo biz kabi raqiblarimizga ham o‘ziga yarasha ta’sir qiladi, garchi ular bunga moslashgan bo‘lsalar ham.

Futbolchilarimdan ushbu lahzalardan baxra olishlarini so‘ragan bo‘lardim, chunki agar “Real” yoki “Barsa” futbolchisi bo‘lmasangiz bunday o‘yinlarda har doim ham ishtirok etib bo‘lmaydi,.

Beyl? Barchasi yaqin kunlar ichida ayon bo‘ladi. Agar Beyl “MYu”ga qarshi o‘ynaydigan bo‘lsa, bu “Real” uni saqlab qolishni xoxlashini tasdiqlaydi.

Shunda o‘ylaymanki, bu mavzu yopiladi. Agar “Real” rostdan ham Beylga ishonch bildirmaydigan bo‘lsa, biz uni qo‘lga kiritish uchun kurashishga tayyormiz», - deydi Mourinyu.


So‘ngra jamoa a’zolari mashg‘ulot o‘tkazish uchun maydonga chiqib keldilar.



Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Joze Mourinyu jurnalistlar savollariga javob berdi