
«Barselona» klubi hamon Neymarning transfer sertifikatini «PSJ» klubiga jo‘natmadi.
As xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar Neymarning transferi uchun mo‘ljallangan 222 mln evro mablag‘ning o‘z hisobiga tushishini kutmoqda. Shundan so‘ng, klub Ispaniya futbol federasiyasiga futbolchining hujjatlarini jo‘natishga ruxsat beradi.
Bu rasmiyatchilik amalga oshirilmaguncha, Neymar yangi jamoasi tarkibida maydonga tusholmaydi. U «Amen» (2:0) klubiga qarshi dastlabki tur o‘yinini o‘tkazib yuborgandi. Endi esa «Gengam» (13 avgust) klubiga qarshi 2-tur o‘yinida ham maydonga tushmasligi mumkin.
Manba: Stadion.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing