
«Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning diskvalifikasiya muddati beshtadan to‘rtta o‘yinga qisqartirilishi mumkin.
Marca nashrining xabar qilishicha, Ispaniya futbol federasiyasi madridliklar klubining hujumchiga ko‘rsatilgan qizil kartochkani bekor qilish bo‘yicha bergan apellyasiyasini ko‘rib chiqmoqda, biroq hakamni turtib yuborganlik uchun belgilangan to‘rtta o‘yinlik chetlatish o‘z kuchida qoladi.
Ispaniya Superkubogi uchun «Barselona»ga qarshi kechgan ilk uchrashuvda «Real» (1:3) safarda g‘alabaga erishgandi. Javob bahsi esa bugun tunda bo‘lib o‘tadi.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar