Messi yana bir rekordni xet-trik orqali yangiladi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi La liganing 14-turi doirasida «Espanol» (5:1) darvozasiga 3ta to‘p yo‘lladi, deb xabar bermoqda «Stadion.uz».
Shu tariqa, argentinalik hujumchi Kataloniya derbilarida eng ko‘p futbolchiga aylandi. Lionel «Espanol»ga qarshi o‘yinlarda gollari sonini 12taga etkazdi. Shu paytgacha «Barsa»ning sobiq futbolqisi Sesar Rodriges hisobida 11ta gol bor edi.
E’tiborli tomoni, Messi shu paytgacha 4ta rekordni aynan xet-trik orqali yangilangandi. Ular: «Barselona» tarixida eng ko‘p gol urgan o‘yinchi, «El-klassiko» tarixida eng ko‘p gol urgan o‘yinchi, La-liga tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchi, EChLda eng ko‘p gol urgan futbolchi. Bugun beshinchi rekord ham xet-trik evaziga yangilandi.
«Espanol» darvozasiga urilgan gollardan so‘ng Messining «Barselona» safidagi gollari soni 402taga etdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing