
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida ayollar terma jamoalari o‘rtasida “Uch millat kubogi” xalqaro o‘rtoqlik turniri o‘z yakuniga etib bormoqda.
Kecha, 18 avgust kuni Qozog‘iston va Qirg‘iziston termalari o‘zaro bahs olib borib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Bugun, 19 avgust kuni esa O‘zbekiston ayollar termasi Qozog‘iston bilan kuch sinashib, 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Mazkur g‘alabadan keyin O‘zbekiston ayollar termasi muddatidan avval musobaqa g‘olibiga aylandi. Dastlabki turda Qozog‘istonga qarshi maydonga tushgan O‘zbekiston ayollar termasi 7:0 hisobida zafar quchgandi. Ikkinchi turda esa mezbon Qirg‘iziston 3:1 hisobida taslim qilingan edi.
Ertaga, 20 avgust kuni so‘nggi o‘yin bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston va Qirg‘iziston ayollar terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.

Manba: www.the-uff.com
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar