
Portugaliyalik folbin Fernando Nogeyraning so‘zlariga ko‘ra, "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2005 yilda otasining dafn marosimiga kelmay, qarg‘ishga uchragan ekan.
O‘shanda futbolchi JCh-2006 saralash uchrashuvida Rossiyaga qarshi uchrashuv o‘tkazgan. Folbinning ta’kidlashicha, aynan shu sabab tufayli Ronalduni so‘nggi vaqtda omadsizliklar ta’qib qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya prokuraturasi soliq to‘lamaganligi uchun Krishtianu Ronalduga nisbatan ish ochgan edi. Shu bilan birga, portugaliyalik "Barselona"ga qarshi bahsda hakamni turtgani uchun 5 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilingan.
"Ronaldu ruhan kuchsizlangan. U futbol o‘ynab, otasining dafn marosimiga bormadi va ko‘plab salbiy energiyalarni ozodlikka chiqarib yubordi. Krishtianu otasi bilan xayrlashmadi va u bilan uzoq vaqt suhbatlashmagan. Ronalduga yordam berishdan baxtli bo‘lardim. Buni tekinga bajarishga ham roziman" - deydi folbin.
Manba: Championat.asia “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar