3 947
O‘zbekiston – Qirg‘iziston uchrashuvi nega yopiq tarzda o‘tkazilishi sababi oshkor etildi
Ushbu o‘yinni tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralar davomida O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalari o‘yinchini almashtirish imkoniyatidan cheklanmagan miqdorda foydalanishga o‘zaro kelishib olganligi munosabati bilan o‘yin xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi maqomiga ega bo‘lmaydi.
“Futbol qoidalari”ning maydondagi o‘yinchilarning soni haqidagi 3-bandiga ko‘ra, milliy terma jamoalarning xalqaro o‘yinlarida ko‘pi bilan bir jamoadan 6 futbolchining almashtirilishiga ruxsat beriladi.
6 futbolchidan ko‘p o‘yinchi almashtirilgan o‘yinga “nazorat uchrashuvi” maqomi beriladi va u FIFAning xalqaro taqvimida ro‘yxatga qo‘yilmaydi.
Shu sababli, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi o‘yin nazorat o‘yini sifatida darajalanadi va FIFA reytingini hisoblashda inobatga olinmaydi.
FIFAning 2017 yil 26 iyulida tashkilotga a’zo federasiyalarga yuborgan 1593-raqamli sirkulyarga ko‘ra, bunday nazorat uchrashuvilarining targ‘iboti, o‘yinga chipta sotish, o‘yinni translyasiya qilishga ruxsat berilmasligi munosabati bilan O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi nazorat o‘yini translyasiya qilinmaydi.
O‘zbekiston — Qirg‘iziston uchrashuvi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Manba: www.the-uff.com “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi