07:05 / 24.08.2017
3 948

O‘zbekiston U-16 terma jamoasi «Qozog‘iston prezidenti kubogi»da ishtirok etadi

O‘zbekiston U-16 terma jamoasi «Qozog‘iston prezidenti kubogi»da ishtirok etadi
Shu yilning 4–8 sentyabr kunlari Qozog‘istonning Talgar shahrida mamlakat prezidenti kubogi uchun xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.
O‘ninchi bor tashkil etilayotgan ushbu musobaqada Qozog‘iston, O‘zbekiston, Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Albaniya va Gruziya o‘smirlar terma jamoalari ishtirok etadi.

Dilshod Nuraliev boshchiligidagi O‘zbekiston U-16 terma jamaosi qur’a natijasiga ko‘ra “Kozog‘iston prezidenti kubogi”ning “B” guruhidan o‘rin olgan. Mazkur guruhdan, shuningdek, Qirg‘iziston, Tojikiston va Rossiya o‘smirlar jamoalari joy olgan.

Quyida ushbu turnir taqvimi bilan tanishish mumkin:

“Qozog‘iston prezidenti kubogi”
Talgar, Qozog‘iston
4–8 sentyabr, 2017 yil


1-tur. 4 sentyabr


Qirg‘iziston – Tojikiston
Rossiya – O‘zbekiston

Albaniya – Gruziya
Qozog‘iston – Turkmaniston

2-tur. 5 sentyabr

Rossiya – Qirg‘iziston
O‘zbekiston – Tojikiston

Gruziya – Turkmaniston
Qozog‘iston – Albaniya

3-tur. 7 sentyabr

O‘zbekiston – Qirg‘iziston
Tojikiston – Rossiya

Turkmaniston – Albaniya
Qozog‘iston – Gruziya

Pley-off o‘yinlari va final. 8 sentyabr

7–8 o‘rin uchun

5–6 o‘rin uchun

3–4 o‘rin uchun

Final

Avvalroq Dilshod Nuraliev shogirdlari 28 avgust – 3 sentyabr kunlari Polshada bo‘lib o‘tadigan xalqaro musobaqada qatnashishi haqida xabar berilgandi.

Bo‘lajak musobaqalar O‘zbekiston o‘smirlar termasi uchun 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o‘tab berdi. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadi.


Manba: www.the-uff.com
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)