Biroz avval Gamburg shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida eng og‘ir vazn toifasida (+91 kg) yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Bahodir Jalolov o‘zining turnirdagi ilk jangini daniyalik Kim Larsenga qarshi o‘tkazdi.
Qiziqarli kechgan bellashuvda hamyurtimiz o‘yinni katta ustunlik bilan o‘tkazdi va raqibini o‘zining tezkor va juda kuchli zarbalari bilan "siyladi". Daniyalik bokschi esa Bahodirga 1 raund ham turib bera olmadi va Jalolov texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jang g‘olibi keyingi bellashuvni 29 avgust kuni kechki dasturda qozog‘istonlik Kamshibek Kunkabayev hamda germaniyalik Maks Kellar juftligi g‘olibiga qarshi o‘tkazadi.
Manba: Sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”