12:03 / 29.08.2017
4 096

«Babayanni qo‘llayman»

«Babayanni qo‘llayman»
Kim biladi, terma jamoamiz va murabbiyni eng ko‘p tanqid qilganlardan biri mendirman. Lekin ming achchiq gapirmay, alamda yonmay, yaxshi natijalarga umid qilganimdan gapirganman, yozganman.

Hozir ham tizzam titramoqda, axir qarshimizda mundial eshigi ko‘rinib turibdi.

Men termamizni va Babayanni qo‘llayman!

Chunki mening boshqa termam va boshqa bosh murabbiyim yo‘q! Vatanimdagi qora ko‘zlar yaxshimi yomonmi aynan shularga ko‘z tikmoqda. Shunday ekan, avval nima degan bo‘lsak uzr, hammasini unuting.

Endi faqat olg‘a intiling yigitlar! Kim sizlarni tanqid qilgan bo‘lsa, xijolat qilib qo‘ying. Hammamiz tilimizni tishlab qolaylik. Ikki o‘yinda ikki g‘alabani qo‘lga kiriting, Rossiyaga yo‘l olsangiz o‘sha yo‘lning har ikki tomoni bo‘ylab butun masofaga yetgulik muxlislaringiz bor. Buyoqdan boradiganlar kam bo‘lsa, Rossiyadagi vatandoshlarimizning o‘zi har qanday Braziliyayu, Germaniyalik muxlislarni esankiratib qo‘yishga qodirlar.

Hamma sizga bog‘liq, azizlarim!

Hech qaysi kasb egasi siz kabi butun millatni xursand qilishga qodir emas! G‘alaba qiling va o‘zbekni orzusiga yetkazing, armonini ushating. Futbol shunisi bilan qudratli. Siz ana shu qudratdan kuch oling va raqiblar bilan sherdek kurashing.

Esingizdami, bir yil muqaddam yutuqqa erishgandingiz va kiritilgan g‘alaba golini ko‘kka qo‘l cho‘zgancha birinchi prezidentimizga bag‘ishlagandingiz. Birinchi prezidentimizga sizlarni mundialda ko‘rish nasib qilmadi. Ertayu kech tinmayotgan yurtboshimiz ham jahon chempionati ahamiyatini yaxshi tushunishiga shubha yo‘q. Shunday ekan sizlarning g‘alabangiz butun xalqimizni jipslashtiradi, ko‘tarinki ruh bag‘ishlaydi, qo‘shaloq bayramlarga munosib tuhfa bo‘ladi.

Biz sizlarga ishonamiz, g‘alabangizni kutib qolamiz!

Abror Zohidov.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Babayanni qo‘llayman»