Bilamizki, o‘yindan oldin barcha futbol muxlislari nafaqat butun O‘zbekiston ahli birlashadi va terma jamoa haqida negativ (tanqidiy) fikrlar bildirishdan biroz tiyilib, jamoasi g‘alabasini intiqlik bilan kutadi.
Kutganda ham his-hayajon bilan kutadi, shu kuni shaxsiy ishlarini chetga suradi. Chunki O‘zbekiston terma jamoasi qaysi murabbiy bilan bo‘lsada, Jahon chempionatiga yo‘llanmani olsa, muxlislar orzusini amalga oshirsa bo‘ldi.
To‘g‘ri, shu kungacha bo‘lgan terma jamoa atrofidagi ishlarning barchasi doimiydek ideal darajada bo‘lmagan, kamchiliklarimiz yo‘q deb maqtana olmaymiz. Ammo oradan sezilarli darajada vaqt o‘tdi.
Ko‘zga ko‘ringan kamchilig-u, xatolar ustida ishlandi. Tarkib shakllandi, bugungi o‘yindan oldin tushkun kayfiyatda emasmiz, so‘nggi daqiqaga qadar umidimiz bor, sababi umid o‘zbek futbol muxlisi qalbida so‘nmagan.
Ularda duyoning eng malakali murabbiylaridan biri Marchelo Lippi ishlaydi, bu ham o‘zbekistonlik muxlislar kayfiyatini tushkun holatga kelib qolishiga sababchi bo‘la olmaydi.
Babayandagi tajriba Lippinikadan oz bo‘lsada, lekin maydonda murabbiy emas muxlislarining uzoq kutilgan orzusini amalga oshirishda jon-jahdini qurbon qilishga tayyor bo‘lgan futbolchi o‘ynaydi.
Faqat tarkib to‘g‘ri tanlanib, bu o‘yin biz uchun muhim ekanligini jiddiy sezgan holda maydonga tushish talab etiladi. Murabbiydan tarkib hamda natijaga javob bersa, futbolchidan chiroyli o‘yin va gol urish so‘raladi.
Muxlislardan esa albatta, qo‘llab-quvvatlash, Jahon chempionatiga chiqishda bo‘lgan orzuni barvaqt armonga aylantirmasliglarini so‘ragan bo‘lardik. Ishonch bo‘lsa – oqlanadi.
Shuning uchun, keling bugun barchamiz bir bo‘lib, O‘zbekiston terma jamoasi g‘alabasiga ishonaylik. Negativ, noholislik fikridan yiroqda bo‘lib, barcha tanqidlarga “STOP” belgisini ko‘rsataylik.
Zero, O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari bizga qo‘shaloq bayram kunlarida yaxshi kayfiyatni ulashib, ortga yorug‘ yuz bilan qaytishsin.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy–O‘zbekiston uchrashuvi bugun, 31 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da “Sport” teleradiokanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.
Uchrashuvni taniqli sharhlovchilar Xayrulla Hamidov va Dilshod To‘xtabekovlar sharhlab borishadi.
Akmalxon Eshonxonov
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda