
Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbek bokschilari ishtirokidagi yarim final janglari davom etmoqda.
81 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Sanjar Tursunov musobaqadagi to‘rtinchi jangini Rio-2016 g‘olibi rossiyalik Yevgeniy Tishchenkoga qarshi olib bordi.
Mazkur jangda Sanjar nomdor raqibiga muammolar tug‘dira oldi va bir qancha ajoyib zarbalarni yo‘lladi. Biroq hakamlar hamyurtimizning 0:5 hisobidagi mag‘lubiyatini qayd etdi.
Shu tariqa, yosh sportchimiz o‘zi uchun debyut JChdayoq bronza medalini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Manba: sports.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar