Reglament nima deydi?
Qoidaga ko‘ra:
Birinchi - Ochko.
Ikkinchi - To‘plar nisbati.
Uchinchi - Urilgan gollarning ko‘pligi.
To‘rtinchisi bizga kerak emas. Chunki Suriya bizdan bitta ko‘p gol urgan, Xitoy esa bir xil, 6ta.
Ayni paytda O‘zbekiston milliy terma jamoasi 12 ochko bilan, to‘rtinchi o‘rinda turibdi.
1. MTJ 5 sentyabr kuni Janubiy Koreyani mag‘lubiyatga uchratsa ham JChga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqa olmasligi mumkin, agar Suriya g‘alaba qozonsa. Keling, Suriya hech bo‘lmasa bitta to‘p farqi bilan g‘alaba qozonsa nima bo‘lishini ko‘rib chiqamiz. Suriyani 2ta to‘p farqi bilan yutishini chetga surib turamiz.
Ayni paytda Suriya biz bilan bir xilda, 6ta to‘p urgan, ammo to‘plar nisbati ularda +1ni tashkil etayapti. Suriya 1ta gol farqi bilan yutgan taqdirda O‘zbekiston 3ta to‘p farqi bilan Janubiy Koreyani mag‘lubiyatga uchratishi kerak bo‘ladi. Janubiy Koreya uchta to‘p farqi bilan mag‘lubiyatga uchraydigan terma jamoalar sirasiga kirmaydi.
Suriya va O‘zbekiston minimal hisobda g‘alaba qozongan taqdirida, arablar to‘g‘ridan-to‘g‘ri JChga, biz uchinchi o‘rin bilan o‘tish bosqichiga yo‘l olamiz.
2. O‘zbekiston g‘alaba qozonib, Eron terma jamoasi mag‘lubiyatga uchramasa to‘g‘ridan-to‘g‘ri JChga biz chiqamiz, Janubiy Koreya uchinchi o‘rinda qoladi.
3. Janubiy Koreya va Suriya terma jamoalarining ikkisi g‘alaba qozonsalar, koreyslar mundialga, Suriya narigi guruhning uchinchi o‘rini bilan o‘yinga yo‘l oladi. Huddi shu holatda Suriya durang o‘ynasa ham jadval o‘zgarmaydi.
4. Eng yomoni... O‘zbekiston terma jamoasi gol urmay o‘yinda ochko ololmasa va Xitoy safarda Qatarni yutsa (o‘z-o‘zidan to‘plar nisbati minimum -2 bo‘ladi. Urilgan to‘plar 6ta, Xitoy esa minimum hisobda Qatarni mag‘lubiyatga uchratsa, urilgan gollari soni 7ta bo‘ladi, to‘plar nisbati -2) biz guruhda beshinchi o‘ringa tushib ketamiz.
Janubiy Koreyada ham shunga o‘xshash vaziyat. So‘nggi yillarda ilk marotaba koreyalik hamkasblarimiz qo‘llariga kalkulyator olgan bo‘lsalar ajab emas. Agar ularning terma jamoalari mag‘lubiyaga uchrasalar va Suriya g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, 1986 yildan buyon ilk marotaba JChsiz qolgan bo‘ladilar.
Hayot va mamot jangida MTJni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak! Odil vada berdi, qolgan futbolchilardan ham shijoat kutamiz, ko‘zi yetmagan futbolchi tinchgina o‘yindan chiqib qo‘ysin, bu ularning ham Vatani axir!
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar