14:12 / 02.09.2017
4 944

Gamburg-2017: Bokschilarimizning finalda ringga chiqish vaqtlari ma’lum bo‘ldi (batafsil)

Gamburg-2017: Bokschilarimizning finalda ringga chiqish vaqtlari ma’lum bo‘ldi (batafsil)
Xabaringiz bor, bugun Germaniyaning Gamburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionati yarim final bellashuvlariga davom etmoqda. To‘liq tarkib bilan mundialga yo‘l olgan terma jamoamiz bokschilaridan 4 nafari bugun finalda bahs olib boradi.

49 kg: 21.00 Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) – Yohannis Argilagos (Kuba)

Vakillarimiz orasida eng yengil vaznda (49 kg) yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Hasanboy Do‘smatov birinchi bo‘lib ringga ko‘tariladi. Raqib ko‘pchilikka tanish bo‘lgan kubalik Yohanis Argilagos.

Ushbu bokschilar Butunjahon Boks Seriyasi(WSB)da “Uzbek Tigers” va “Cuba Domadores” o‘rtasidagi Samarqanddagi bahsda to‘qnash kelishgan. O‘shanda 5 raunddan iborat bo‘lgan jangda hakamlar hamyurtimizning g‘alabasini qayd etishgan edi.

Ishonamizki, bu galgi bellashuvda ham vakilimiz raqibiga revansh olish imkoniyatini bermaydi va oltin medalni qo‘lga kiritadi.

52 kg: 21.15 Jasurbek Latipov (O‘zbekiston) – “Yosbani Veitia (Kuba)

52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Jasurberk Latipov finalda kubalik Yosbani Veitiaga qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu bokschilar WSB da “Uzbek Tigers” va “Cuba Domadores” o‘rtasida kechgan javob bahsida to‘qnash kelishgan.

O‘shanda hakamlar kubalik bokschining yaqqol g‘alabasini qayd etgan edi. Umid qilamizki, Jasurbek bugun raqibidan revansh oladi.

64 kg: 22.00 Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston) – Endi Krus Gomes (Kuba)

64 kg vazn toifasida raqiblarini ishonchli tarzda mag‘lub etib kelayotgan Iqboljon Xoldorov final jangida kubalik Endi Krus Gomesga qarshi ringga chiqadi. Ushbu bokschilar ham WSB “Uzbek Tigers” va “Cuba Domadores” o‘rtasidagi Samarqandda kechgan bahsda o‘zaro bahs yuritishgan edilar. Afsuski, o‘shanda yosh bokschimizga biroz tajriba yetishmagan va yakunda mag‘lub bo‘lgan edi.

69 kg: 22.15 Shahram G‘iyosov (O‘zbekiston) – Roniyel Iglasias (Kuba)

Rio olimpiadasi sovrindori sanaladigan hamyurtimiz Shahram G‘iyosov ushbu turnir finalida “eski tanish” Roniel Iglesiasga qarshi bahs yuritadi.

Yodingizda bo‘lsa, Rio olimpiadasi chorak finalida ushbu bokschilarning yo‘llari “kesishgan” edi. O‘shanda Shahram raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmagan – 3:0.

Izoh: Janglarning borishiga qarab vaqtlar orasida tafovut yuzaga kelishi mumkin.

Manba: sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gamburg-2017: Bokschilarimizning finalda ringga chiqish vaqtlari ma’lum bo‘ldi (batafsil)