19:20 / 02.09.2017
3 044

Terma jamoamiz uchun muhimi - so‘nggi qadam

Terma jamoamiz uchun muhimi - so‘nggi qadam
Avvalo, barcha yurtdoshlarimizni qo‘shaloq bayram - Mustaqillik kuni va Qurbon hayiti bilan qizg‘in tabriklayman va muxlislarni eng muhim pallada milliy jamoamizni chinakamiga qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman.

Ha, millionlab muxlislarimiz qatori men ham jamoamizning oxirgi rasmiy o‘yinidan xursand emasman. Lekin yaqinda internet orqali rossiyalik yigitlar bilan futbol haqida gaplashganimda, ular O‘zbekiston termasi JChga yo‘l olsa, stadionlarda mamlakatimiz bayrog‘ini hilpiratgancha bizga ham muxlislik qilishlarini aytishdi.

Endi bir o‘ylang, ruslar jamoamizga xayrixohlik qilayotgan payt o‘zimiz befarq qarab turishimiz yarashadi-mi? Menimcha, futbolchilarimizning eng katta muammolaridan biri - bu ma’lum daraja bilan cheklanib qolish.

Ya’ni kuchli klublarimizdagi holatlaridan quvonib yuraveradilar. Bu noto‘g‘ri yondashuv-ku axir. Futbolchilarimiz aslida mudom o‘z ustilarida ishlab, Yevropaga intilishlari lozim. Tog‘ cho‘qqisini orzu qilmagan alpinist alpinist-mi, axir?

Terma jamoamiz vakillari nahotki, JChda qatnashish orqali o‘zlarini ko‘rsatishni istamasalar? O‘zi bu safar qur’a bizga juda omadli keldi va bundan foydalanish shart. Yigitlarimizga aytadigan gapim shuki, sizlar hech kimdan kam emassizlar va o‘zingizni ko‘rsatadigan vaqt keldi.

Shu 1 ta o‘yinda tish-tirnog‘ingiz bilan g‘alaba yo‘lida kurashsangiz, albatta, JChga boramiz. Bilaman, bu nafaqat millionlab muxlislar orzusi, balki sizlarniki ham.

Demak, so‘nggi qadam oldidan barchamiz birlashaylik. Unutmaylikki, eng muhimi, aynan oxirgi qadamdir.

Avazbek RO‘ZIBOYeV, Bag‘dod tumani.

Manba: www.interfutbol.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Terma jamoamiz uchun muhimi - so‘nggi qadam