
Kecha "Manchester Yunayted" hamda "Barselona" klubinging afsonaviy futbolchilari "Old Trafford" stadionida xayriya o‘yinida ishtirok etishdi.Uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etildi.
Manchesterliklar safida Rud van Nistelroy va Denni Uebberlar hisoblariga gol yozishgan bo‘lsa, "Barselona"da Luis Garsiya hamda Gaiska Mendetalar hisobni durang bo‘lishiga sababchi bo‘lishdi.
O‘yin 22 may Manchester, 17 avgust Barselona shaharlarida uyushtirilgan bir qator teraktlarda vafot etganlar xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlandi. Futbolchilar esa qora bog‘ich bilan maydonga tushishdi.
Shuningdek, futbolchilar libosdagi ism o‘rniga "Manchester" va "Barselona" yozuvlari tushirilgan futbolkalarda maydonga chiqishdi. Xayriya o‘yinida chiptadan tushgan barcha pullar xayriya ishlariga sarflanadi.
«Manchester Yunayted» – «Barselona» 2:2
Gollar: 1:0 – 14 penalti, van Nistelroy, 2:0 – 43 Uebber, 2:1 – Garsiya, 2:2 – 81 Mendeta.
«Manchester Yunayted»: Van Der Sar, Broun, Dublin, Jonsen, Park Ji Sun, Poborskiĭ, York, Silvestr, Blumkvist, Lui Saa, Van Nistelroĭ.
«Barselona»: Angoy, Belletti, Edmilson, Deyu, Abidal, Davids, Serxi, Mendeta, Siman, Klyuyvert, Goyko.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar