JCh-2018 saralashi. "D" guruhi. Serbiya guruhda yakka peshqаdamga aylanib oldi, Uels nihoyat g‘alaba qozondi

JCh-2018 saralashi. "D" guruhi. Serbiya guruhda yakka peshqаdamga aylanib oldi, Uels nihoyat g‘alaba qozondi
Kecha "D" guruhi vakillari guruh bosqichining 7-turida o‘zaro kuch sinashishdi, deb yozmoqda «UzReport» nashri.

Uels terma jamoasi qatorasiga 4 ta durangdan so‘ng nihoyat Avstriyani mag‘lub etgan bo‘lsa, guruh peshqadami Irlandiya termasi safarda Gruziya bilan 1:1 hisobidagi durangga imzo qo‘ydi.

Irlandiyaning ochko yo‘qotishidan esa Serbiya jamoasi unumli foydalanib qoldi va o‘z maydonida Moldova ustidan 3:0 hisobida zafar quchdi va peshqadamga aylanib oldi.

Uels – Avstriya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol:1:0 – 74 Vudbern.

Gruziya – Irlandiya 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar:0:1 – 4 Daffi, 1:1 – 34 Kazaishvili.

Serbiya – Moldova 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 20 Gachinovich, 2:0 – 30 Kolarov, 3:0 – 81 Mitrovich.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar