Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi o‘ta muhim bahsda maydonga tushadi.
Bugungi g‘alaba bizga jahon chempionati eshiklarini ochadi, faqat Erondagi uchrashuvda Suriya yutib qo‘ymasa bo‘lgani. Kecha bo‘lib o‘tgan o‘yinoldi matbuot anjumanida termamiz bosh murabbiyi Samvel Babayan bor e’tibor g‘alaba qozonishga qaratilishini aytib o‘tdi.
Albatta, biz ham shundan umidvormiz. Har holda o‘z maydonimizda Janubiy Koreyani hali mag‘lub etmaganmiz va bugungi o‘yinda ushbu noxush an’anaga barham berilishini kutyapmiz.
Jamoamizga omad tilagan holda shuni iltimos qilardikki, futbolchilarimiz oxiriga qadar o‘ynashsin. Ayniqsa, 85-daqiqadan keyin hushyorlikni yo‘qotib qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz. Negaki mazkur saralash bosqichida yutqazgan o‘yinlarimizni tahlil qilsak, beshtadan to‘rttasida nuqul oxirgi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborganmiz. Ya’ni, beshta mag‘lubiyatdan to‘rttasida aynan 85-daqiqadan keyin o‘tkazib yuborilgan gollar tufayli mag‘lub bo‘lganmiz.
Masalan, safarda kechgan Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvni olaylik. Birinchi taymda hisobni ochgan bo‘lishimizga qaramay, ikkinchi bo‘limda ikkita to‘p o‘tkazib yuborgandik. Ayniqsa, raqibning ikkinchi goli 86-daqiqada kiritilgani dillarni xira qilgandi. Keyinchalik Suriya bizga 90-daqiqada penaltidan gol urib yutib ketdi. Undan keyin “Ozodi” stadionida Eronning ikkinchi goli 88-daqiqada ro‘y berdi. Va mana endi o‘tgan o‘yinda Xitoy urgan gol 85-daqiqada qayd etildi.
Kechagi matbuot anjumanida Samvel Babayanga mazkur savol bilan murojaat qilganimizda, murabbiy Eron, Janubiy Koreya hamda Suriya bilan bahslarda aynan o‘yin oxirida hushyorlik yo‘qolgani, Xitoyda esa hakam yo‘q joydan penalti o‘ylab topganini gapirdi. Lekin bularning bari endi o‘tmish. Biz xohlardikki, oxirgi o‘yinda yana shu holat yuz bermasin va "Bunyodkor" stadionida Janubiy Koreyani mag‘lub etaylik.
X.Xoliqov.
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi