
O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi o‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida Samvel Babayan ishtirok etdi.
Babayan zalga kirib kelganida jurnalistlar uni "qarsaklar" bilan kutib olishdi.
"Barcha bugungi o‘yinni ko‘rdi. Ba’zi jurnalistlar uchun yaxshi kechdi shekilli, olqishlashdi. Terma jamoani 2 yarim yil oldin uni qabul qilib olgandim. Bu yillar davomida o‘z kuchim boricha harakat qildim. Mendan keyin keladigan murabbiy undan ham ko‘proq ishlashi kerak deb o‘ylayman. Tarkibga yana ko‘proq yosh futbolchilar qo‘shilishini istayman. Hozir yutqazilgan o‘yinlarda nimalar yetishmaganini ayta olmayman. Vaqti kelsa barchasini aytib beraman. Suriya va Xitoy bilan nima uchun kamida durang o‘ynay olmaganimizni chuqur tahlil qilishimiz kerak. Hozir esa meni kechiringlar hech nima deya olmayman", - degan Babayan savollarga javob bermay zalni tark etdi.
Jurnalistlar uni "pazor" deb kuzatib qo‘yishdi... “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar