Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Janubiy Koreya bilan bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng murojaat bilan chiqdi.
Murabbiy jamoaning 2018 yilgi jahon chempionati Osiyo saralash bosqichidagi omadsiz chiqishlari bo‘yicha afsusda ekanini ma’lum qildi. Bu haqda Gazeta.uz UzReport TV telekanaliga asoslanib xabar berdi.
«Bugun biz uchun jahon chempionatiga chiqish uchun so‘nggi imkoniyat berildi. Afsuski, undan foydalana olmadik. Yana olg‘a intilish uchun bunday duranglardan ikkita, ehtimol uchtasi yetishmadi. Bu ikki yil davomida qo‘limdan kelganicha harakat qildim… Afsuski bu yetarli bo‘lmadi», — deydi 46 yoshli mutaxassis.
Samvel Babayan milliy termaga boshchilik qiladigan keyingi murabbiy u qilolmagan ishni uddalashiga umid bildirdi. «Bu davr ichida tarkibga butun boshli yosh futbolchilar guruhi kirib keldi. O‘ylaymanki, O‘zbekiston termasida boshqa sharoitlarda jahon chempionatiga chiqish uchun imkoniyat bo‘ladi. Qaytarman, boshqa sharoitlarda. Boshqa murabbiy bilan, ehtimol, tarkibga yana boshqa yosh futbolchilar qo‘shilar», — deya hisoblaydi murabbiy.
Samvel Babayan jamoaga g‘alaba uchun nima yetishmagani haqida aytishga tayyor emasligini ma’lum qildi. «Muayyan fikrlar bor. Ehtimol qachondir boy berilgan o‘yinlarda bizga nima yetishmaganini aytarman. Biroq aytishim mumkinki, bu yerda faqatgina jamoa yoki qandaydir murabbiylik g‘oyasi yoxud kamchiliklar aybdor emas. Bu yerda chuqurroq tahlil qilish kerak, nima uchun biz Suriya, Xitoy va Janubiy Koreya bilan eng kamida durang o‘ynay olmadik? O‘shanda raqiblar bizga imkon berishgan edi», — dedi u.
Samvel Babayan o‘z nutqidan so‘ng ayni paytda jurnalistlarning savollariga javob berishdan ma’no yo‘q ekanini ta’kidladi. «Men bunga tayyor emasman. Ehtimol qiziqtirgan barcha savollarga javob qaytaradigan vaqt kelar», — deya u matbuot anjumanini tark etdi.
5 sentyabr kuni Toshkentda terma jamoa Janubiy Koreya bilan durang o‘ynadi (0:0). Biroq «A» guruhining Eron va Suriya o‘rtasidagi boshqa uchrashuvi 2:2 hisobidagi durang bilan tugagach, Samvel Babayan shogirdlari jahon chempionatiga chiqish imkoniyatidan batamom mahrum bo‘ldi. To‘plar nisbatiga ko‘ra uchinchi o‘rinni egallagan Suriya «B» guruhida uchinchi o‘rinni egallagan Avstraliya bilan o‘ynab, kurashlarni davom ettirish imkonini qo‘lga kiritdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi