20:52 / 06.09.2017
5 147

Aleksandr Geynrix terma jamoa libosini boshqa kiymaydi

Aleksandr Geynrix terma jamoa libosini boshqa kiymaydi
Kecha, 5 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Janubiy Koreya uchrashuvi (0:0) dan so‘ng hujumchi Aleksandr Geynrix terma jamoadagi faoliyatini yakunladi.

Bu haqda Geyrnixning o‘zi uchrashuvdan so‘ng avtobusga chiqayotganida aytib o‘tdi, deb yozadi Qalampir.uz nashri.

“Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin men uchun oxirgisi bo‘ldi. Barcha muxlislarga rahmat aytaman”, deya avtobusga chiqib ketdi Aleksandr Geynrix.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Geynrix O‘zbekiston terma jamoasi safida 2002 yildan beri faoliyat yuritib kelardi.

Muxlislar va yaqinlari tomonidan “Sasha” qisqa ismi bilan chaqiriladigan hujumchi shuncha davr mobaynida 94 uchrashuvda maydonga tushib, 31 marta gol urgan va O‘zbekiston terma jamoasi to‘purarlari ro‘yxatida Maksim Shatskixdan (34) keyin ikkinchi o‘rinni band etib turibdi.

Shuningdek, terma jamoa safida eng ko‘p o‘ynagan futbolchilar ro‘yxatida ham 5-o‘rinda bormoqda. 124 marta maydonga tushib, 25 ta gol urgan Server Jeparov bu borada yaqqol ustunlikni o‘zida saqlab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston kecha Toshkentda Janubiy Koreya terma jamoasi bilan 0:0 hisobida durang o‘ynab, jahon chempionatiga chiqish yo‘llanmasidan mahrum bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Geynrix terma jamoa libosini boshqa kiymaydi