Toshkentdagi Radisson Blu mehmonxonasida «O‘zbekistonda sport tashkilotlarini boshqarish va jahon tajribasi» mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur konferensiya O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidentligi sayloviga 5 kun vaqt qolganida tashkil etildi, deb xabar berdi Daryo nashri.
Tadbirning asosiy mehmoni sifatida o‘z vaqtida Rossiya futbol uyushmasi prezidentligi uchun nomzod bo‘lgan Alisher Aminov taklif etilgandi. Aminov yuqoridagi mavzu bo‘yicha prezentatsiya qilib, mavjud muammo va kamchiliklarni ochiqcha sanab o‘tdi. Bunda mutaxassis MDH tararrufiga kiruvchi bir qator mamlakatlarni, xususan, Rossiya futbolini ham misol qilib keltirib, ularni futboli rivojlangan mamlakatlar bilan solishtirdi.
Alisher Aminov Toshkentga Rossiyadagi futbolchi va murabbiylar huquqlarini himoya qilishi ko‘zda tutilgan uyushma asoschilaridan biri Vladimir Leonchenko bilan tashrif buyurdi. Mehmon ham bunda o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashib, O‘zbekiston futbolidagi muammolarga til tekkazib o‘tdi.
Konferensiyada, shuningdek, sport qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari Mirzahakim To‘xtamirzayev va O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti kafedra mudiri Komil Ziyodullayev prezentatsiyalari bilan ishtirok etdi.
Unda OAV xodimlari, futbolchilar, futbol faxriylari va mutaxassislar ham qatnashdi. Keyinroq debatga aylanib ketgan yig‘ilishda O‘FFning ayni vaqtdagi rahbariyatiga shaffoflik yetishmasligi va barcha ishlar eshik orqasida hal etilishi masalasi ko‘rib chiqildi. Alisher Aminovning qayd etishicha, mamlakat futbolining oldida ayni paytda ikki yo‘l turibdi: yo shaffof ishlaydigan va futbolni fan darajasida tushunadigan mutaxassislar bilan to‘g‘ri yo‘lga tushib olish yoki hozirgacha kelingan yo‘ldan yurishda davom etib, rivojlangan mamlakatlardan ortda qolaverish. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi