
Frankfurtdagi avtosalonda debyuti bo‘lib o‘tadigan avtomobil markaning Yevropadagi dizayn bo‘limida ishlab chiqilgan. Mashina Kia Stinger modeli uslubida ishlangan va noyob kuzovi bilan ajralib turadi.
Lava Red rangiga bo‘yalgan konsept-kar ekstererida karbon elementlari bo‘lib, u 20 dyuymli g‘ildirak disklariga ega bo‘ldi. Avtomobil egasi yaqinlashganda mexanizmlar ishga tushadi, egasini qarshilab LED-chiroqlar yoqiladi.

Prototip kuzovining orqasida va radiator panjarasida GT nishonlari bor va bu konsept-karning yangi avlod modelining "zaryadlangan" versiyasi ekaniga ishora bo‘lishi mumkin. Yangi avlod Kia cee'd avtomobillarining taqdimot sanasi hozircha noma’lum. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar