01:13 / 10.09.2017
5 547

"Asian Fight-2017". 8 nafar sportchimizning 7 tasi g‘alaba qozondi

"Asian Fight-2017". 8 нафар спортчимизнинг 7 таси ғалаба қозонди
Ayni daqiqalarda “Bunyodkor” stadionida "Asian Fight-2017" turniri davom etmoqda. Ayni paytga qadar 8 nafar jangchilarimiz ringga ko‘tarilishdi. Shulardan 7 tasi g‘alaba qozondi.

Faqatgina Ulug‘bek umarov afg‘onistonlik raqibiga 20 soniya ichida mag‘lub bo‘ldi.

Hamyurtimiz Ayyubxon Kamolov (66 kg) hindistonlik raqibi Vikash Dahiyani (parterda) taslim etdi.

O‘zbekiston vakili Isroil Rasulov singapurlik Muhammad Xairini parterda taslim etdi.

O‘zbek jangchisi Muhammadali Toshturg‘unov qirg‘izistonlik Bektur Mangiyev ustidan ochkolar hisobi bo‘yicha g‘alaba qozondi.

91 kg vazn toifasida hamyurtimiz Hasanxon Baratov rossiyalik Mixail Xoldorkinni 1-raunddayoq nokautga uchratdi.

Super og‘ir vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Jasur Mirzamuhammedov 2-raund avvalida kiprlik raqibi Vartan Aparianni texnik nokaut bilan taslim etdi.

O‘zbek o‘g‘loni Ahliddin Mirzadavlatov qozog‘istonlik raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi.

86 kg vazn toifasida hamyurtimiz Mahmud Muradov Ozarbayjon vakili Ziya Mirzayevni 30 soniyada taslim etdi.

Ushbu shouda 8 nafar sportchimiz ringga chiqishi rejalashtirilgan edi, biroq Tailandda “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining Bangkok – Toshkent XY532 reysi kechiktirilganligi sababli muay tay bo‘yicha ikki karra jahon Anvar Boynazarov turnirni o‘tkazib yubordi.

Manba: sports.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Asian Fight-2017". 8 nafar sportchimizning 7 tasi g‘alaba qozondi